Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro talabalar kuni” — ilm, ijod va hosil bir makonda!

Xalqaro talabalar kuni” — ilm, ijod va hosil bir makonda!
Bugun, 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni. Shu munosabat bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida an’anaviy “Hosil bayrami” bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu yorqin va ijodiy tadbirda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari ham institut olimlarining ilmiy ishlanmalari, istiqbolli nav namunalari va zamonaviy seleksiya yondashuvlari bilan munosib ishtirok etmoqda. Institut stendida talabalar va mehmonlar: – mevali va sabzavot ekinlarining genetik xilma-xilligini; – iqlimga moslashtirilgan navlar imkoniyatlarini; – innovatsion seleksiya va genetik resurslarni boshqarish bo‘yicha yangi ishlanmalarni ko‘rishlari, shuningdek mutaxassislar bilan bevosita suhbatlashishlari mumkin. Talabalar uchun bu — nafaqat bayram, balki ilm va amaliyotning bir sahifada uchrashgan lahzasi. Hosil mo’l va rang-barang, bilim esa cheksiz! WEB | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.