Xalqaro tajriba va ilmiy yondashuv paxtachilik rivojida muhim ahamiyatga ega

Xabar berib borayotganimizdek, ayni daqiqalarda Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida "Xalqaro paxta bo‘yicha Maslahat qo‘mitasining 82-yalpi majlisi" bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tadbirga kelgan barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.
Vazir bugungi kunda mamlakatimizda paxtachilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlarni qayd etar ekan, klaster xo’jaliklarining tashkil qilinganligini, xususan, ayni damda 1148 dan ortiq klasterlar faoliyat yuritayotganligini, bu esa, agrar sohada ham xususiy sektor rivojlanishiga turtki bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.
Binobarin, Paxtachilik kengashining vazifasi hamda o’zbek paxtachiligida ilmiy yondashuv asosida mahalliy va xorijiy paxta navlarini yetishtirish istiqbollari qayd etib o’tildi.
Shuningdek, paxtachilikda olimlar va fermerlar o‘rtasida integratsiyalashuv yo‘lga qo‘yilganligi, bu yondashuv orqali hosildorlik so‘nggi 7 yilda sezilarli darajada oshgani ta’kidlab o‘tildi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram