Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro miqyosdagi ta’lim markazi ish boshlaydi

Xalqaro miqyosdagi ta’lim markazi ish boshlaydi
Bugun iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, jumladan, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ham sohaga chet el investitsiyasi, ilg‘or texnologiyalarni olib kirgan holda logistika va eksportni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-321-son qarorida ham O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash meva-sabzavotchilikda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish borasida bir qator vazifalar belgilab berilgan. ⏺Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani “Ahmad Yassaviy” MFY hududida “O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazi” qurib bitkazildi. Xususan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan tashkil etilgan mazkur o‘quv markaz faoliyati bilan tanishdi. Ayni paytda, mazkazda o‘quv-seminarlarini qisqa va uzoq muddatli kurslarini muntazam tashkil etish uchun o‘quv va laboratoriya xonalari, 30 kishilik zamonaviy yotoqxona hamda oshxona mos ravishda zamonaviy yotoqxona hamda oshxona to‘liq jihozlar bilan ta’minlangan. ⏩Vazir markaz xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, ta’lim tizimidagi islohotlar, ularning samaralariga to‘xtaldi. Markaz infratuzilmasini yanada yaxshilash, qishloq xo‘jaligida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Suhbat asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda galdagi vazifalar yuzasidan qilinadigan ishlarning ko‘lami belgilab olindi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.