Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro konferensiya

Xalqaro konferensiya
Xabar berib borayotganimizdek, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Genetik resurslar ilmiy-tadqiqot institutida "Iqlimning davom etayotgan o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun agrobiologik xilma-xillikni o‘rganish, saqlash va barqaror foydalanish muammolari" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanda agrar soha olimlari tomonidan iqlim o‘zgarish jarayonlari, qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli navlar hamda yangi agrotexnologiyalarni yaratish borasida maruzalar qilinmoqda. Anjumanda Ozarbayjon Genetiye resurslar instituti Milliy genbanki mudiri S. Mamadova ham o‘z maruzasi bilan ishtirok etdi. Maruzachi o‘z so‘zida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash insoniyat oldidagi eng global masalalardan biri ekanligi, bu esa agrar soha olimlari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklashi to‘g‘risida fikr bildirdi. Xalqaro anjuman qizg‘in davom etmoqda. Tafsilotlarni rasmiy kanalimizda kuzatib boring.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.