XALQARO KONFERENSIYA ISHTIROKCHILARI QISHLOQ XO‘JALIGI OBYEKTLARI BILAN TANISHMOQDA

Konferensiya qatnashchilari Samarqand viloyatining ayrim tumanlaridagi qishloq xo‘jaligi obyektlariga tashrif buyurishdi.
Dastlabki manzil Pastdarg‘om tumani Zarafshon MMTPga qarashli “TEPA” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Fermer xo‘jaligida yerdan unumli foydalanish anʼanaga aylangan. Yaʼni g‘alladan bo‘shagan 14 gektar maydonga takroriy ekin sifatida fasol urug‘i qadalgan. Eʼtiborlisi, “Jingalak” navli fasoldan gektariga 30 sentnerdan hosil olish mumkin.
Konferensiya mehmonlarining keyingi manzili Samarqand shahriga yondosh joylashgan Konigil qishlog‘i bo‘ldi. Bu yerda ular Samarqand qog‘ozini tayyorlash jarayoni bilan tanishdilar.
Siyob daryosi bo‘yida barpo etilgan korxona faoliyati bilan tanishgan xorijiy va mahalliy konferensiya ishtirokchilari hayratlarini yashirmadilar – ikki ming yillik an’analarni o‘zida jamlagan, asrlar davomida o‘zgarmay tura oladigan Samarqand qog‘ozini har kim o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni, qo‘li bilan ushlashni xohladi. Mehmonlarga esa, ipak qog‘ozni ushlabgina qolmay, uni tayyorlash jarayonida bevosita qatnashish imkoniyati ham berildi.
#Xalqaro_konferensiya #xalqaro_hamkorlik #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand
WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram