Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro kartoshkachilik markazi bilan hamkorlikda kartoshka seleksiyasi yanada rivojlantiriladi

Xalqaro kartoshkachilik markazi bilan hamkorlikda kartoshka seleksiyasi yanada rivojlantiriladi
Qurgʼoqchilik mintaqalarda qishloq xoʼjaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) va Xalqaro kartoshkachilik markazi (CIP) tashabbusi bilan “Zaiflikdan bardoshlilikgacha” shiori ostida: qishloq xoʼjaligini barqaror rivojlantirish, iqlim oʼzgarishlarida agrar sohada oziq-ovqat ishlab chiqarishni tizimli tashkil etish, qishloq joylarida aholi turmush tarzini yanada yaxshilashga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ham qatnashdi. Xalqaro kartoshkachilik markazining hududiy koordinatori Vaxtang Mshvidobadze institut bilan kartoshka seleksiyasi boʼyicha uzoq yillardan buyon hamkorlikda samarali tadqiqotlar olib borilganligini taʼkidlab, endilikda uni yanada rivojlantirish va birlamchi urugʼchilik tashkil etish boʼyicha dastlabki tashkiliy ishlar boshlab yuborilganligi maʼlum qildi. AKIS UZBEKISTAN

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.