XALQARO ILMIY STIPENDIYA IMKONIYATINI QO‘LDAN BOY BERMANG!

Qishloq xo‘jaligi, biologiya va biotexnologiya, kimyo, muhandislik, yer hamda atrof-muhit yo‘nalishlarida ilmiy izlanish olib borayotgan olimlar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar uchun yana bir muhim imkoniyat!
The World Academy of Sciences (TWAS) nufuzli xalqaro stipendiya dasturiga arizalar qabulini boshladi.
Dastur g‘oliblariga Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Pokiston va boshqa mamlakatlarning yetakchi ilmiy markazlarida PhD, postdoktorantura stajirovkasi hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatlar 2026-yil 10-avgustga qadar onlayn qabul qilinadi.
Ariza topshirishda qabul qiluvchi ilmiy muassasadan Acceptance Letter (dastlabki rozilik xati) talab etiladi.
Ariza topshirish: https://onlineforms.twas.org/apply/301
Batafsil ma’lumot: https://www.twas.org
Ilmiy salohiyatingizni xalqaro maydonda namoyon etish, dunyoning yetakchi olimlari bilan hamkorlik qilish va yangi tajriba orttirish imkoniyatidan foydalaning!
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube