Xalqaro ICBA tashkiloti vakillari Qoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida

Joriy yilining 30-iyul kuni Xalqaro ICBA tashkiloti bilan hamkorlikda “Debelopment of Sustainable Agricultural Production Systems in Degraded Areas of Karakalpakstan” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkilotning Birlashgan Arab Amirligidagi bosh direktori Tarifa Alzaabi boshchiligidagi delegatsiya Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilib, mavjud muammolar hamda loyihani amalga oshirishda kerak bo‘ladigan laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ko'rib chiqildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube