XALQARO HAMKORLIKNING AMALIY NATIJALARI

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 2024-yilda xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlandi. Milliy markazning Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Belarus, Germaniya, Turkiya va boshqa bir qator davlatlar bilan amalga oshirilgan ishlari yangi bosqichga ko'tarildi.
Tarkibida kristallari mavjud bo‘lgan sanoatda shakar ishlab chiqarish imkonini beruvchi jo'xorining (Sorghum L.) 1 navi urug‘liklari olib kelinib, respublikamizning 4 ta mintaqasida sinovdan o'tkazildi. Tuproq-iqlimiga mos yetishtirish agrotexnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda;
Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Belarus Respublikasining “Yagodka” fermer xo‘jaligi bilan hamkorlikda 35 ming tub “Golubika” ko‘chatlari olib kelinib, 10 gektar maydonga ekilib, iqlimlashtirildi;
Sholining resurs tejamkor xorijiy navlar va liniyalarni sinovdan o‘tkazish va tanlash bo‘yicha Filippindagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan o‘zaro hamkorlik amalga oshirilmoqda. Maqsad— qurg'oqchilik va stress omillarga chidamli sholi navlarini ko'paytirish.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Rossiya Federatsiyasining “EKONO-TEX” kompaniyasi o‘zaro hamkorlik doirasida sanoatbop "Guar" o‘simligini O‘zbekistonda yetishtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot olib bormoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube