Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalq so‘zi” gazetasining bugungi sonida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Chuqur bilim va qat’iy iroda samarasi yoxud oxirgi besh yil ichida O‘zbekiston paxtachiligida nimalar…

Xalq so‘zi” gazetasining bugungi sonida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Chuqur bilim va qat’iy iroda samarasi yoxud oxirgi besh yil ichida O‘zbekiston paxtachiligida nimalar…
o‘zgardi” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Unda mamlakatimiz paxtachilik tarmog‘ida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan tub islohotlar, ilm-fan yutuqlarining ishlab chiqarishga keng joriy etilishi, yangi navlar yaratish, hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish borasida erishilgan natijalar batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada klaster tizimining rivojlanishi, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, suv va resurslarni tejovchi yondashuvlar hamda paxtachilikning eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritiladi. Maqolada O‘zbekiston paxtachiligida kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlar chuqur bilim, ilmiy yondashuv va qat’iy siyosiy irodaning amaliy samarasi ekani alohida ta’kidlangan. Maqolaning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.