Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizda, “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiya"si bo’lib o’tyapti. Ayni daqiqalarda ham plenar sessiyalar davom etmoqda.

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizda, “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiya"si bo’lib o’tyapti. Ayni daqiqalarda ham plenar sessiyalar davom etmoqda.
Bugungi sessiyani O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori, professor Zabardast Bo’riyev o’zining “Genomikadan innovatsiyalargacha: stressga chidamli yangi avlod paxta navlarini yaratish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan boshlab berdi. Ma’ruzachi paxtachilikdagi muammolar, paxtada biotik stressga chidamlilikni oshirish,paxtada abiotik stressga chidamliligini oshirish, model tuz stress ostida paxta navlarining proteom va metabolom profili va muammolarga innovatsion yondashuvlar borasida o’tkazilgan tadqiqotlar yuzasidan taqdimot qildi. Aytish kerakki, taqdimot ishtirokchilar uchun qiziqarli bo’ldi. Xorijlik mehmonlar taqdimot yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Plenar sessiyalar davom etmoqda. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.