Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizda, “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiya"si bo’lib o’tyapti. Ayni daqiqalarda ham plenar sessiyalar davom etmoqda.

Bugungi sessiyani O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori, professor Zabardast Bo’riyev o’zining “Genomikadan innovatsiyalargacha: stressga chidamli yangi avlod paxta navlarini yaratish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan boshlab berdi.
Ma’ruzachi paxtachilikdagi muammolar, paxtada biotik stressga chidamlilikni oshirish,paxtada abiotik stressga chidamliligini oshirish, model tuz stress ostida paxta navlarining proteom va metabolom profili va muammolarga innovatsion yondashuvlar borasida o’tkazilgan tadqiqotlar yuzasidan taqdimot qildi.
Aytish kerakki, taqdimot ishtirokchilar uchun qiziqarli bo’ldi. Xorijlik mehmonlar taqdimot yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Plenar sessiyalar davom etmoqda.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube