Xabaringiz bor, 23-27 may kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida energetika tarmoqlari va sohalarning ilmiy ishlanma va innovatsion mahsulotlari ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda.

Ko'rgazmadan ko'zlangan asosiy maqsad - iqtisodiyot tarmoqlari va ilmiy tadqiqot institutlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish.
Ko'rgazmada Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti q.x.f.f.d., katta ilmiy xodimi Normat Durdiyev "Tuproq unumdorligini oshirishda siderat ekinlarini o'stirishning takomillashgan energiya resurs tejamkor agrotexnologiyalarini ishlab chiqish" mavzusidagi loyihasining taqdimoti bilan ishtirok etdi.