Xabar berib borayotganimizdek, ayni daqiqalarda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Lalmikor yerlarda boshoqli va dukkakli don, yem-xashak, moyli hamda poliz ekinlari seleksiyasi,…

urug‘chiligi va yetishtirishning innovatsion agrotexnologiyalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar — “Dala kuni” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir davomida lalmikor dehqonchilikni rivojlantirish, ekinlar hosildorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish hamda urug‘chilik tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Seminarning amaliy qismida institut tajriba maydonlarida yaratilgan boshoqli va dukkakli don ekinlari, yem-xashak, moyli hamda poliz ekinlarining yangi va istiqbolli navlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar lalmikor sharoit uchun ishlab chiqilgan innovatsion agrotexnologiyalar hamda ilg‘or agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube