Xabar berib borayotganimizdek, ayni damda Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Italiyada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro uzum va vino tashkiloti (OIV) yigʻilishida ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish davomida vazir Ibrohim Abdurahmonov Italiyaning bir qator nufuzli OAVlariga va shu jumladan taniqli "Agricolae.eu" axborot agentligiga intervyu berdi.
Vazir o’z intervyusida:
"Men ushbu anjumanda qatnashganimdan juda mamnunman, chunki u har qanday mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari uchun noyob platforma hisoblanadi. Chunki biz hamkorlikning barcha sohalarini yuzma-yuz muhokama qilishimiz mumkin, ammo vinochilik va uzumchilik har bir mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan juda foydali soha hisoblanadi. Binobarin, mazkur platforma hamkorligimizni kengaytirishimiz uchun juda foydali ekani bilan ahamiyatli, - deb ta’kidlagan.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram