Xabar berganimizdek, Toshkent davlat agrar universiteti tashkil etilganligiga 95 yil to‘lmoqda. Yubiley munosabati bilan “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror…

rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilgan. Anjumanni Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida ushbu tabarruk maskanning mamlakatimiz ilm-fanidagi o‘rniga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, bu ilm maskani yurtimiz agrar sohasi uchun yetuk olimlar va malakali mutaxassislar yetkazib berganini ta’kidladi hamda ushbu sana munosabati bilan universitetning barcha bitiruvchilariga o‘zining samimiy tabrigini yo‘lladi.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube