"VIII Butunjahon paxta tadqiqoti konferensiyasi"ning bir guruh qatnashchilari Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga tashrif buyurdi.

Milliy markaz ko'rgazmalar zalida ushbu yilda paxtachilikda tajriba sifatida qo'llanilgan agrotexnologiya maketi barcha ishtirokchilarda qiziqish uyg'otdi. Ya'ni qo'shqator usulda, 76 sxemada, plyonka ostida ekilgan g'o'za urug'i hosildorligi gektariga 80 sentnerni tashkil etganini alohida qayd etish mumkin. Mazkur usulda paxta maydoniga tomchilab sug'orish texnologiyasini o'rnatish yanada yaxshi samara berdi. Bunda paxta maydonidagi begona o'tlar o'sishi sezilarli kamaydi. Kerakli mineral o'g'itlar va preparatlar suvga aralashtirilgan holatda qo'llanildi.
Shuningdek, mehmonlar Milliy markaz huzuridagi O'zbekiston-Koreya qo'shma laboratoriyasi GS-BIO va O'zbekiston-Vengriya kartoshkachilik markazi invitro laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube