Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

VENGRIYA ELCHIXONASI VAKILLARI MILLIY MARKAZDA

VENGRIYA ELCHIXONASI VAKILLARI MILLIY MARKAZDA
Bugun Vengriyaning O'zbekistondagi elchixonasi vakillaridan iborat delegatsiya Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga tashrif buyurdi. Xabaringiz bor Milliy markazda O'zbekiston- Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi faoliyat yuritadi. Bu markaz 2021-yil 17-fevral kuni Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Vengriya qishloq xo‘jaligi va hayot fanlari universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumga asosan tashkil etilgan. Bu yerda kartoshkaning Vengriya seleksiyasiga mansub 5 ta “Demon”, “Botond”, “Balatoni Sarga”, “Balatoni Rozsa” va “White Lady” navlarining tuganaklari in-vitro usulida ko'paytirilmoqda. Bu navlar 2021-yilda istiqbolli navlar sifatida davlat reestriga kiritilgan. ⌛Mehmonlar in-vitro laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, ushbu hamkorlikning amaliy natijalarini guvohi bo'lishdi. Ayni vaqtda in-vitro laboratoriyasida undurilgan ko'chatlar Milliy markaz huzuridagi issiqxonada iqlimga moslashtirilib keyin urug'chiligini tashkil etish uchun ochiq maydonga ekilmoqda. Joriy yilda Vengriya seleksiyasiga mansub kartoshkalar Jizzax viloyatining Zomin tumanida ochiq maydonda ekildi. O'zbekiston - Vengriya hamkorligining amaliy namunasi bo'lgan ushbu markaz, kelgusida O'zbekistonga kartoshkaning yuqori avlodli urug'liklari importini sezilarni darajada pasaytirishga xizmat qiladi. Virus va kasalliklarga chidamli, hosildor yangi navlarni yetishtirish imkonini yaratadi. Uchrashuvda shu kabi kelgusi rejalar haqida muloqot bo'lib o'tdi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.