Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilgan yirik ko‘rgazma mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini keng namoyish etayotgan muhim maydonga aylandi. 6 ming kvadrat metr maydonni…

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilgan yirik ko‘rgazma mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini keng namoyish etayotgan muhim maydonga aylandi. 6 ming kvadrat metr maydonni…
egallagan ushbu ko‘rgazmada milliy iqtisodiyotning 10 dan ortiq yetakchi tarmoqlari hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi istiqbolli investitsiya loyihalari va yirik ishlab chiqarish imkoniyatlari taqdim etilmoqda. ℹKo‘rgazma nafaqat O‘zbekistonning zamonaviy sanoat va iqtisodiy taraqqiyotini aks ettirmoqda, balki davlat idoralari, xalqaro investorlar, moliyaviy institutlar va yetakchi kompaniyalar o‘rtasida samarali muloqot hamda yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun qulay platforma vazifasini ham bajarmoqda. Tadbirda alohida e’tiborni tortayotgan yo‘nalishlardan biri – Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan stenddir. Zamonaviy dizayn va mazmunan boy ekspozitsiya mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, agrotexnologiyalarni joriy etish hamda investitsiyaviy loyihalar haqida batafsil ma’lumot beradi. Ayniqsa, xorijiy kompaniyalar va investorlar vakillari ushbu stend faoliyatiga katta qiziqish bildirmoqda. Ular O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi imkoniyatlari, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish tajribasi, meva-sabzavotchilik, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash hamda eksport salohiyati bilan yaqindan tanishmoqda. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.