Kutilayotgan natijalar:
1. Uzumning Mundrop, Red Glob, Otum Royal navlarining biologik xususiyatlari tahlil qilinib, laboratoriya sharoitida jadal ko‘paytirish uchun eng maqbul ozuqa muhitlari tarkibi va sterillash protokollari ishlab chiqiladi.
2. Turli tuproq-iqlim sharoitlariga chidamli payvandtaglar (Kober 5-BB, SO4) zaxirasi yaratilib, payvandlashning yuqori samaradorligini (tutuvchanlik 90-95%) ta’minlaydigan eng maqbul muddatlar belgilanadi. Kuzgi, bahorgi va yozgi payvandlash muddatlari sanalari hamda payvandlash mahali aniqlanadi. 3. Laboratoriya sharoitida yetishtirilgan uzumning yuqori sifatli elita ko‘chatlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi. Payvandlangan uzum ko‘chatlarini ishlab chiqarish hajmi kengaytiriladi.
Bajarish muddati:
01.10.2025
30.09.2027

