Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Uzum_sayli

Uzum_sayli
Xalqaro "Uzum sayli" Parkentning turizm sohasidagi imkoniyatlarini ham kengaytiradi Xabaringiz bor so‘lim Parkent tumanida shu kunlarda Xalqaro “Uzum sayli” festivali bo‘lib o‘tyapti. Ushbu festivalning Parkent tumanida tashkil etilishi bejiz emas. Boisi, parkentliklar uzumchilik sohasida o‘ziga xos maktab yaratgan. Qolaversa, hududning fusunkor tabiatiyu toza havosi barchani o‘ziga maftun qiladi. Kecha boshlangan festivalda folklor jamoalari, estrada san’atkorlari chiqishlari, xalq urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi keng ko‘lamli madaniy dastur tashkil etildi. Eng yaxshi oshpazlar milliy pazandachilik mahsulotlari namunalarini, uzumdan an’anaviy milliy ichimliklar va shirinliklar tayyorlash mahoratini namoyish etishdi. Ayni damda esa “UZUM SAYLI” festivali doirasida Toshkent “Oʻzbekistonda uzumchilik: innovatsiya ishlab chiqarish va agrotexnologiyalarni qo'llashning zamonaviy usullari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyada Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milli y markazi direktori Shuhrat Otajonov ham “Uzum yetishtirish va vinochilikda yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari “ mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda. – Xorijiy va mahalliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tarmoqning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish yo‘li bilan uzumchilik va vinochilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida xorijda malaka oshirish ishlari olib borilmoqda. Uzumning sertifikatlangan, turli xil virusli kasallik va zararkunandalardan xoli 35-40 mln tup tok ko‘chatlarini tayyorlash maqsadida Toshkent, Namangan va Samarqand viloyatlarida 5 ta kompleks tok ko‘chatxonalarini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hozirda Respublikamizdagi “milliy ampelografik” kolleksiyalarini saqlash va ko‘paytirish, stress omillarga chidamli, sifatli, sertifikatlangan tok ko‘chatlarini yetishtirish maqsadida “in-vitro” sharoitida mikroklonlash uslubida payvandlangan tok ko‘chatlarini yetishtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu sohada olib borilayotgan islohatlar hamda ilmiy-tadqiqotlarni xalqimizga keng targ‘ib qilish borasida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirni o‘rni beqiyos deb hisoblayman. Qolaversa, ushbu festivalning Parkentda o‘tkazilayotgani tumanning turizm sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi– dedi Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov o‘z ma’ruzasida. Festivalda O‘zbekiston Respublikasining 12 ta viloyatidan fermer xo‘jaliklari, mamlakatimiz vino zavodlari, tabiiy ichimliklar, sharbatlar va sharbat konsentratlari ishlab chiqarish korxonalari ekspozitsiyalari ishtirok etmoqda. Bundan tashqari har bir viloyat o‘zlariga ajratilgan pavilyonlarda viloyatlardan olib kelingan turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.