Urug‘lik g‘alla maydonlarida ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasining urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigi hamda agrotexnik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutasaddilari, tizim tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, fermerlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida urug‘lik maydonlarini doimiy monitoring qilib borish, hudud iqlimiga mos va serhosil navlarni tanlash, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, seminar davomida bug‘doy parvarishi, agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish, kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tavsiya va takliflar berildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube