Uchinchi muhim vazifa – suvni yetkazish xarajatlarini qisqartirish

Davlatimiz rahbari xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirishning eng to‘g‘ri yo‘li – nasoslarni modernizatsiya qilish va ularni boshqarishni xususiy sheriklikka berish ekanini ta’kidladi.
Bu borada bir nechta loyiha boshlangan. Bu ishlarni jadallashtirib, xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokida 95 ta nasos stansiyasini yangilash, kelgusi yil boshida yana 118 tasi bo‘yicha tender e’lon qilish vazifasi qo‘yildi.
Shu bilan birga, xorijiy kompaniyalar 268 ta nasosni boshqaruvga olish tashabbusini bildirgan.
Umuman, ushbu choralar orqali kelgusi yili nasoslarning elektr sarfini 300 million kilovatt soatga, keyingi uch yilda esa 1,5 milliard kilovatt soatga kamaytirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram