Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

TWAS Akademik Yetuklik Grantlari tashabbusi doirasida oziq-ovqat fanlari bo‘yicha TWAS–M.S. Swaminathan yutuq granti uchun arizalar qabuli boshlanganini ma'lum qilamiz.

TWAS Akademik Yetuklik Grantlari tashabbusi doirasida oziq-ovqat fanlari bo‘yicha TWAS–M.S. Swaminathan yutuq granti uchun arizalar qabuli boshlanganini ma'lum qilamiz.
Mazkur grant TWAS asoschilaridan biri, taniqli olim Monkombu Sambasivan Swaminathanning ilmiy merosini sharaflash maqsadida ta’sis etilgan bo‘lib, oziq-ovqat fani yo‘nalishida yuqori ilmiy natijalarga erishgan olimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Grant doirasida g‘olibga: 25 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti; esdalik sovg‘asi; Hindistonda o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi. Nomzodlar quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy hissasini namoyon etgan bo‘lishi kerak: ▪ oziq-ovqat tadqiqotlari va oziq-ovqat xavfsizligi; ▪ oziq-ovqat tizimlari (dehqonchilik, baliqchilik, chorvachilik, akvakultura va boshqa ishlab chiqarish tizimlari); ▪ iqlim o‘zgarishlariga chidamlilik yo‘nalishlari. Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: 50 yoshgacha bo‘lgan olim yoki mutaxassis bo‘lishi; rivojlanayotgan mamlakat fuqarosi bo‘lishi; so‘nggi 5 yil davomida rivojlanayotgan mamlakatda yashab, faoliyat yuritgan bo‘lishi; oziq-ovqat fanlari sohasida muhim ilmiy yutuqlarga ega bo‘lishi lozim. Ayniqsa, xotin-qiz olimlar hamda faoliyatining boshlang‘ich va o‘rta bosqichidagi mutaxassislarning arizalari qo‘llab-quvvatlanadi. Ariza topshirishda quyidagi ma’lumot va hujjatlar taqdim etilishi lozim: ▪ Nomzodning eng muhim ilmiy nashrlari ro‘yxati (20 tadan ko‘p bo‘lmagan); ▪ barcha ilmiy nashrlarning to‘liq ro‘yxati; ▪ olingan mukofotlar, faxriy unvonlar va xalqaro e’tiroflar haqidagi ma’lumotlar; ▪ Google Scholar h-indeksi, iqtiboslar soni hamda ORCID profili havolasi; ▪ ilgari qiymati mazkur grantga teng yoki undan yuqori bo‘lgan boshqa nufuzli xalqaro grantlarni olmaganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma; ▪ tavsiya beruvchi shaxsning qo‘llab-quvvatlovchi xati (tavsiya etiladi); ▪ tavsiya beruvchi shaxsning to‘liq aloqa ma’lumotlari hamda shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga roziligi. Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 31-iyul. Arizalar faqat onlayn shaklda qabul qilinadi: https://onlineforms.twas.org/apply/301 Batafsil ma’lumot: https://twas.org/twas-ms-swaminathan-achievement-grant-food-science Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror qishloq xo‘jaligi rivojiga hissa qo‘shayotgan olimlarni ushbu nufuzli grantda ishtirok etishga taklif qilamiz. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.