Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

TURKIY DAVLATLAR AGROFORUMIGA MARHAMAT!

TURKIY DAVLATLAR AGROFORUMIGA MARHAMAT!
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI KO‘MAGIDA O‘TKAZILMOQDA HURMATLI TADBIRKORLAR! 2022-yil 4-iyul kuni soat 09:30 da Toshkent shahrining “HYATT REGENCY TASHKENT” mehmonxonasida Turkiy Davlatlar Tashkilotining “Turkiy Agroforumi” bo‘lib o‘tadi. Turkiy Agroforum doirasida tashkilotga aʼzo davlatlarning (Turkiya, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Qozog‘iston, Vengriya va Turkmaniston) qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalari raxbarlari taklif etilgan. Bu o‘z navbatida kompaniyalar uchun “B2B” uchrashuvlar orqali yangi savdo-iqtisodiy hamkorlik va kooperatsion aloqalarni o‘rnatish uchun qulay platforma hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan barcha tadbirkorlarni ushbu forumda ishtirok etishga taklif etamiz! To‘liq maʼlumot uchun: +998 71 206-71-91 +998 71 206-71-90 +998 71 206-72-25

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.