TURKIY DAVLATLAR AGROFORUMIGA MARHAMAT!

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI KO‘MAGIDA O‘TKAZILMOQDA
HURMATLI TADBIRKORLAR!
2022-yil 4-iyul kuni soat 09:30 da Toshkent shahrining “HYATT REGENCY TASHKENT” mehmonxonasida Turkiy Davlatlar Tashkilotining “Turkiy Agroforumi” bo‘lib o‘tadi.
Turkiy Agroforum doirasida tashkilotga aʼzo davlatlarning (Turkiya, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Qozog‘iston, Vengriya va Turkmaniston) qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalari raxbarlari taklif etilgan. Bu o‘z navbatida kompaniyalar uchun “B2B” uchrashuvlar orqali yangi savdo-iqtisodiy hamkorlik va kooperatsion aloqalarni o‘rnatish uchun qulay platforma hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan barcha tadbirkorlarni ushbu forumda ishtirok etishga taklif etamiz!
To‘liq maʼlumot uchun:
+998 71 206-71-91
+998 71 206-71-90
+998 71 206-72-25