Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan 5 dekabr “BUTUNJAHON TUPROQ KUNI” ga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan respublika ilmiy-amaliy anjumani boshlanishiga 3 kun…

qoldi.
Institut tomonidan mazkur anjumanga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Anjumanga yuborilgan 100 ga yaqin maqolalar Institut olim va mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
Innavatsion rivojlanish vazirligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur anjuman dasturiga ko‘ra, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan vazirliklar, qishloq xo‘jaligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlar, tashkilotlar rahbarlari, soha olimlari va yosh talabalar shuningdek, Germaniya, Belorussiya va Qozog‘iston davlatlari tuproqshunos olim va mutaxassislari ishtiroki kutilmoqda. Tashkiliy qo‘mita