Tuproq xaritalari bo‘yicha ilmiy-amaliy loyiha natijalari “Yangi O‘zbekiston” kutubxonasiga topshirildi

Respublikamizdagi 3,7 million gektar sug‘oriladigan yerlarning tuproq holatini raqamli xaritalash bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-amaliy loyiha yakunlari tizimlashtirilib, alohida ilmiy nashrlar shaklida chop etildi.
Loyiha doirasida 162 ta qishloq xo‘jaligi tumani qamrab olinib, 1:25 000 masshtabdagi elektron raqamli tuproq sifati va sho‘rlanish xaritalari, agrokimyoviy kartogrammalar yaratildi.
Yaratilgan ma’lumotlarning “Yer axborot tizimi” ochiq portaliga integratsiya qilinishi yerlarning holatini baholash, agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda rejalashtirish va yer resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Bugun loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy va kartografik materiallar “Yangi O‘zbekiston” kutubxonasi fondiga topshirildi.
Muhimi, nashrlar bosma va elektron shaklda taqdim etildi. Bu esa mazkur ilmiy-amaliy ma’lumotlardan olimlar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va talabalar foydalanishi uchun keng imkoniyat yaratadi.
Shu tariqa, sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlariga oid muhim ilmiy va kartografik ma’lumotlar saqlanib, kelgusidagi tadqiqotlar uchun ishonchli manbaga aylantirilmoqda.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram