TozaDalaChallenge

Bugun mamlakatimizning turli hududlarida dalalarni plastik chiqindilardan tozalash ishlari keng ko’lamda davom etmoqda. Fermerlar, dehqonlar hamda qishloq xo’jaligi sohasi vakillari yagona maqsad yo’lida birlashmoqda — tuproqni asrash, hosil sifatini oshirish va kelajak avlod uchun sog’lom muhit yaratish.
Dalalardan yig’ib olinayotgan har bir plastik chiqindi tuproqning mikroplastik bilan ifloslanishini kamaytirishga xizmat qiladi.
Bu esa nafaqat tabiatni muhofaza qilish, balki sifatli va xavfsiz oziq-ovqat yetishtirish yo’lidagi muhim qadamlardan biridir. Siz ham ushbu xayrli tashabbusga befarq bo’lmang!
Toza dala — mo’l va sifatli hosil.
Toza tabiat — sog’lom kelajak.
Kelajak uchun bugundan birgalikda harakat qilaylik!
Website Telegram Facebook YouTube Instagram