TozaDalaChallenge

Toza dala — unumdor tuproq
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ham #TozaDalaChallenge ekologik aksiyasiga faol qo‘shilib, tajriba maydonlari va dala hududlarini plastik chiqindilardan tozalash ishlarida faol ishtirok etmoqda.
Olimlar va mutaxassislar nafaqat ilmiy izlanishlar orqali, balki shaxsiy namunasi bilan ham tuproqni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va kelajak avlod uchun musaffo atrof-muhitni saqlashga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Zero, toza dala — unumdor tuproq, sifatli hosil va barqaror qishloq xo‘jaligining eng muhim omillaridan biridir.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube