TozaDalaChallenge

Toza tuproq – serhosil dalalar garovi: plastik chiqindilardan birgalikda xalos bo‘laylik!
Bilim amaliyot bilan uyg‘unlashgandagina haqiqiy samara beradi. Bugun tuproqni plastik ifloslanishdan muhofaza qilish borasidagi sa’y-harakatlar ham ana shu haqiqatning amaliy ifodasidir.
Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov barcha qishloq xo‘jaligi yer egalarini dala madaniyatiga qat’iy rioya qilishga, plastik chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ishtirishga va ekin maydonlarini doimo ozoda saqlashga chorlamoqda.
Plastik chiqindilar — zamonaviy ekologik tahdid
Bugun plastik mahsulotlar hayotimizning deyarli barcha sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Bu esa atrof-muhitda, jumladan tuproq qatlamida plastik chiqindilar va mikroplastiklarning to‘planishiga sabab bo‘lmoqda.
Tuproq muhitidagi mikroplastik ifloslanish bugungi kunda dolzarb ekologik muammolardan biriga aylangan. Bu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar ham izchil olib borilmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube