Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Toshkentda oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan II xalqaro forum o‘tkaziladi

Toshkentda oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan II xalqaro forum o‘tkaziladi
Joriy yil 7–8-oktabr kunlari Toshkent shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda “Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan II xalqaro forum” o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Forumda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligining barqarorligini oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, innovatsiyalarni joriy etish, yangi bozorlarga chiqish hamda barqaror moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Xalqaro ekspertlar, xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurishi kutilayotgan mazkur forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.