Toshkentda oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan II xalqaro forum o‘tkaziladi

Joriy yil 7–8-oktabr kunlari Toshkent shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda “Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan II xalqaro forum” o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Forumda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligining barqarorligini oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, innovatsiyalarni joriy etish, yangi bozorlarga chiqish hamda barqaror moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Xalqaro ekspertlar, xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurishi kutilayotgan mazkur forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola
Website Telegram Facebook YouTube Instagram