Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov mintaqaviy hamkorlikni…

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov mintaqaviy hamkorlikni…
yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Birinchidan, Markaziy Osiyoda o‘simliklarni muhofaza qilish va zararkunandalarga qarshi tezkor javob tizimini yaratish taklif etildi. Ushbu tizim mintaqa mamlakatlari o‘rtasida ma’lumot almashish va zararkunandalarga qarshi birgalikda choralar ko‘rishni ta’minlaydi. Ikkinchidan, “Markaziy Osiyo raqamli agrar alyansi” hamda mintaqaviy raqamli qishloq xo‘jaligi platformasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Platforma raqamli texnologiyalarni joriy etish va innovatsion forumlarni o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Birinchi forumni Toshkentda o‘tkazish taklif etildi. Uchinchidan, vazir “Agrobiologik bilimlar va innovatsiyalar markazi”ni FAO ko‘magida Toshkentda tashkil etishni taklif qildi. Markaz mintaqaviy o‘quv va malaka oshirish dasturlarini amalga oshiradi hamda qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni rivojlantiradi. To‘rtinchidan, dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlar uchun agrar-innovatsion hab yaratish tashabbusi ilgari surildi. FAO va BMT ko‘magida amalga oshiriladigan ushbu loyiha innovatsiyalarni keng joriy etish, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur tashabbuslar Markaziy Osiyo agrar makonini raqamlashtirish, bilim va tajriba almashuvini kengaytirish hamda barqaror rivojlanishga xizmat qilishi kutilmoqda. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.