Toshkent viloyati AKISga AQSH delegatsiyasi tashrif buyurdi

Amerika Qo'shma Shtatlarining N.Borloug nomidagi xalqaro qishloq xo'jaligi instituti direktori Eric Micoil Bost boshchiligidagi delegatsiya Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazida mehmon bo'lishdi. Qishloq xo'jaligi vaziri maslahatchisi Alisher Shukurov mamlakatimizda qishloq xo'jaligi sohasida olib borilayotgan tub islohotlar va AKIS tizimining afzalliklari xususida mehmonlarga batafsil tanishtirib o'tdi. Viloyat AKIS rahbari G'ayrat G'aniyev Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar, laboratoriyalar, O'zbekiston-Vengriya Kartoshkachilik markazi haqida asosiy ma'lumotlarni sanab o'tdi.
Delegatsiya a'zolari viloyat AKIS bilan hamkorlikda ishlovchi fermer xo'jaliklari va klasterlarda ham bo'lishdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube