Toshkent viloyati AKIS markazi

15-mart sanasida Toshkent viloyat agroxizmatlar markazi(AKIS) tomonidan qishloq xо‘jaligiga mо‘ljallangan yer maydonlarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga olgan fuqarolarni qishloq xo’jaligining tarmoqlari bo’yicha navbatdagi seminar-treninglar Chinoz va Yangiyo'l tumanlarida tashkil etildi.
Mazkur seminarlarda Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari va AKIS hodimlari tomonidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanib, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik, gulchilik kabi yo’nalishlarda tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube