Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Toshkent viloyati AKIS markazi

Toshkent viloyati AKIS markazi
25-oktyabr sanasida Toshkent viloyti Agroxizmatlar markazi (AKIS) da O'zbekiston va Koreya hamkorligi asosida Smart Farm sanoat texnologiyasini tashkil etish innovatsiyalar markazining ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori A.To’rayev, loyihaning asosiy homiylaridan bo’lgan Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi raisi o’rinbosari Yon Kapso, AKIS markazi direktori G’ayrat G’aniyevlar o`z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Ushbu loyiha qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi – agro xizmatlar ko’rsatuvchi AKIS markazi, Koreyaning KIAT, KOMI, KITECH, CAMTIC va Agro Solution Koreya tashkilotlari hamkorligida yo’lga qo’yilmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.