Toshkent viloyati AKIS markazi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi Rahbarining 2022-yil 27-dekabrdagi 02-PA 1-21407-son topshirig’iga muvofiq 9-fevral sanasida Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi (AKIS) da viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar (shaharlar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosarlari hamda investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo’yicha o’rinbosarlariga o’quv-seminar tashkil etildi.
Seminar qatnashchilari dastavval qishloq xo’jaligida erishilayotgan yutuqlar, o’simliklarning hosildor navlari, zamonaviy va serdaromad mahsulotlar hamda AKIS markazida tashklil etilgan In-vitro laboratoriyalari bilan tanishib chiqishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube