Toshkent viloyati Agroxizmatlar Markazida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash…

va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (UAKIS)” nomli BMTTD loyihasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlik masalari yuzasidan norasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Toshkent viloyatida Agroxizmatlar sifatini oshirishda BMTTD loyihasining takliflari tinglandi.
Xususan, quyidagi maqsadlarda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi:
Qishloq xo‘jaligiga yashil investitsiyalarni jalb qilish uchun me'yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish va takomillashtirishda ko‘maklashish;
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorida innovatsiyalar va vositachilik xizmatlarini tashkil etish;
Oilaviy fermer xo‘jaliklari, dehqon xo'jaliklari va mikrofirmalari tomonidan iqlim o‘zgarishiga moslashgan innovatsion loyihalarni qo'llab quvvatlashga doir.