TOSHKENT VILOYAT AKIS RAHBARIYATI QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIDA

Joriy yilning 6-iyun kuni Toshkent viloyati agroxizmatlar markazi direktori O'.Qurbonov hamda Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sh.Azizov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Institut direktori Sh.Azizov mehmonlarni institut faoliyati va olimlar tomonidan yaratilgan ishlanmalarning yangi namunalari, ishlab chiqarish tsexi hamda tashkil etilgan yangi muzey bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda tomonlar o'rtasida hamkorlik qilish yo'nalishlari muhokama etildi. Tomonlar soha oldida turgan muammolarni hamkorlikda hal etish davr talabi ekanligi, intellektual potentsialni birlashtirib qishloq xo'jaligiga innovatsiyalarni keng tadbiq etish kerakligi to'g'risida fikr bildirishdi va kelgusida birgalikda ishlash bo'yicha kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube