Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Toshkent davlat agrar universitetiga 95 yil!

Toshkent davlat agrar universitetiga 95 yil!
Xabar berib borayotganimizdek, Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi keng nishonlanmoqda. Yubiley munosabati bilan “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman doirasida universitet hududida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy ishlanmalari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari, jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ko‘rgazmada namoyish etilgan ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishdi. Vazir olimlar va yosh tadqiqotchilarning ishlanmalarini yuqori baholab, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar berdi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida keng qo‘llash zarurligini ta’kidladi. Kunning ikkinchi qismida esa konferensiyaning plenar sessiyasi davom etdi. Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Ma’ruzalarda iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Konferensiyada Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Shodmon Namozov ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. U o‘z so‘zida ta’lim, ilm va innovatsiyani ishlab chiqarishga tatbiq etishdagi uzviy zanjirning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shodmon Namozov Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyi munosabati bilan professor-o‘qituvchilarni samimiy tabriklab, kelgusidagi ilmiy va amaliy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.