Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tomorqadan daromadgacha: mahallalarda aholi bandligini ta’minlashning yangi tartibi

Tomorqadan daromadgacha: mahallalarda aholi bandligini ta’minlashning yangi tartibi
Yangi Quva mahallasi misolida aholini ish bilan ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlar ko‘rsatib o‘tildi. Mazkur mahallada 51 nafar ishsiz fuqaro mavjud bo‘lib, ularning 4 nafari agrotexnikumni tamomlagan. Ushbu fuqarolarning har bir xonadonida 10 sotixdan tomorqa yer maydoni mavjud. Yangi tartibga ko‘ra, mahalla raisi aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq reja asosida ishlaydi. Jumladan, tomorqada gul ko‘chatlari yetishtirishga ixtisoslashgan yengil konstruksiyali issiqxona qurish uchun mahalla bankiriga buyurtma beradi. Qolgan ishsiz fuqarolar bo‘yicha ham mahalla raisi kim tadbirkor bo‘lishni istayotgani, qaysi oila daromadini oshirishni rejalashtirayotgani, kimga kredit, uskuna yoki yer zarurligini aniqlab, bankirga aniq vazifalar belgilaydi. Yangi Quva mahallasida bog‘cha yetishmasligi sababli 50 nafar bola qo‘shni mahalladagi maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnamoqda. Hududda esa 70 sotix bo‘sh yer maydoni mavjud. Shu munosabat bilan mahallalarda xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurish uchun yer uchastkalarini auksionga chiqarish vakolati ham mahalla raislariga beriladi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.