Tolali ekinlarni yetishtirishda yangi texnologiyalar

Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida “Tolali ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ochilishida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, Shodmon Namozov, institut direktori Qadam Jumaniyazov hamda professor Ikromjon Karabayev ishtirok etib, anjuman ahamiyati haqida fikr bildirdilar.
Ilmiy-amaliy anjumanda tolali ekinlar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari, sun’iy intellektning agrar sohadagi o‘rni, to‘qimachilik sanoatidagi innovatsion yondashuvlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, 4 ta sho‘ba ishlarida sohaning dolzarb masalalari keng muhokama qilindi.
Anjuman yakunida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yangi tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish va tarmoqda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube