Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti olim va mutaxassislari tomonidan Samarqand viloyatidagi paxta-to‘qimachilik klasterlari tizimidagi paxta tozalash korxonalari injener-texnik xodimlari, 1-zona…

namuna oluvchilari, maskan mudirlari va laborantlari учун Narpay tumanidagi “Marokand sifati” MChJ paxta tozalash korxonasida markazlashgan holda o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida xodimlarga fermer xo‘jaliklaridan keladigan paxta xom ashyosini sifatli qabul qilish, uni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha amaliy darslar o‘tildi. Yakunda bilim va malakalarni baholash uchun test sinovlari o‘tkazilib, muvaffaqiyatli topshirgan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi.
Ushbu tadbir haqida “Samarqand” telekanali maxsus reportaj tayyorlab, efirga uzatdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube