Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tokzorlarda qanday kuzgi agrotexnik tadbirlar o'tkaziladi?

Tokzorlarda qanday kuzgi agrotexnik tadbirlar o'tkaziladi?
Mo‘l va sifatli uzum olish uchun toklarni har yili kesib, ma’lum shaklga keltirib turish zarur. Toklar ikki muddatda: ko‘miladigan toklar kuzda – yig‘im-terimdan so‘ng, ko‘milmaydigan toklar esa asosan bahorda kesiladi. Novdalarining soni va tupda joylanishi tokning o‘sish kuchiga qarab tartibga solib kesiladi. Tok kesib turilganda uning hosilga kirishi tezlashadi, mo‘l hosil berish davri uzayadi, tokzorga ishlov berish va bunda mexanizatsiyadan foydalanish, tokning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurash ishlari osonlashadi. Bu borada Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari o’z tavsiyalarini berib o’tdi. Xususan, institutning Uzum seleksiyasi va agrotexnologiyalari bo'limi boshlig'i O’tkir Ochildiyev tok novdalari vaqtida kesilmasa keyingi yil ushbu novdalar g’ovlab ketishi mumkinlgini hamda qishda sovuq urishi oqibatida hosildorlik deyarli bo’lmasligini aytib o’tdi. Novdalarni shunday kesish kerakki, ularni pastki simga bog‘lash mumkin bo‘lsin, zaifroq novdalar 2–3 ta ko‘zcha qoldirib kesiladi. Kelgusida 4–6 ta zang bo‘lishi uchun novdalar qoldiriladi, 9–10 yoshli zang novdalarni yangilash maqsadga muvofiq. Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bog'dorchilik va uzumchilikni mexanizatsiyalash bo'limi boshlig'i A'zam Musurmonov tok novdalarini ko’mishda texnikalar muhim o’rin tutishini ayta turib, texnika bilan ko’mish bir necha jarayonni tashkil etishini aytib o’tdi. #tokzor #kuzgi_agrotexnika #novdalar WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.