Tokning "mildyu" kasalligiga qarshi qanday kurashish mumkin?

Tokdagi "mildyu" yoki "soxta un shudring" kasalligiga qarshi kurash bugungi kunda ko‘pchilik bog‘bonlarni o‘ylantirgan masalalardan biri hisoblanadi. Undagi zamburug‘ dastlab tok o‘simligi bargining orqa tomonidan boshlanadi va rivojlanish davri tezlashgan sari barcha yashil a’zolarida jumladan, barg va to‘p gullarida, meva tugunchalarida, yashil novda uchlarida, jingalak va uzum bandlarida rivojlanadi va o‘simlikni kuchli zararlaydi.
Zararlangan barglar yog‘simon holatga kirib, sariq–yashil dog‘lar bilan qoplanadi va keyinchalik qo‘ng‘ir tusli bo‘lib qoladi. Zararlangan barglar qovjirab to‘kilib ketadi. Uzum mevasi no‘xatdek bo‘lgandan so‘ng (g‘o‘ra davri) zamburug‘ mevaning ichida o‘sadi. G‘ujumlar zararlanishi natijasida shakli buzilib, so‘lib qoladi va xira zangori rangga kiradi.
Kurash choralari. Barcha to‘kilgan barglar tuproqni ag‘darib chopish yo‘li bilan yo‘qotiladi. “Yertok” usulidagi tokzorlarning novdalarni yoyib taragan holda bog‘lash va tik simbag‘azga ko‘tarish tavsiya etiladi. Tup oralarida shudring tutuvchi begona o‘tlarni yo‘qotish, sovuqlarga chidamligini oshirish maqsadida kaliyli va fosforli mineral o‘g‘itlari bilan muntazam ravishda oziqlantirish zarur.
Shuningdek, "mildyu", "antraknoz", "oidium" kabi kasalliklar tarqalgan tokzorlar bahorda kurtaklar yozilishdan oldin 3%-li, куртак ёзилгандан кейин эса 1%- "Bordo suyuqligibilan barcha novdalarni yuvish tavsiya etiladi.
Tok kasalliklariga qarshi eng samarali usul – biologik ishlovlar hisoblanadi. Sababi, kasalliklar zamburug‘larida kimyoviy preparatlarga nisbatan immun tizimi shakllanib bormoqda. Biologik fungitsidlarga esa, kasallik patogenlarida hech qachon immun tizimi dosh bermasligi allaqachon isbotlangan.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube