Tojikistonda bug‘doyning O‘zbekistonda yaratilgan navlari ekilmoqda

O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligi doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 13-avgustda tasdiqlangan “Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyatida O‘zbekiston tadbirkorlari tomonidan 2025 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini (bug‘doy) yetishtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”da berilgan topshiriqlar ijrosi ta’minlanmoqda.
Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi Abdulla Mansurov boshchiligida Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyati tadbirkorlariga ajratilgan yer maydonlarida bug‘doy urug‘ini ekish ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Bu maydonlarga Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan yangi “Asr jilosi”, “Yog‘du”, “Ultra”, “Grad”, “Billur”, “Ravnaq” navlarining ko‘rgazmali ko‘chatzorlari tashkil qilinyapti. Shuningdek, “Asr”, “Nodir”, “Qadr”, “Davr” navlari tajriba sinovlarini olib borish maqsadida katta maydonlarga ekilmoqda.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube