Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tojikiston delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Tojikiston delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsiyalar va kadrlar malakasini oshirish markazi” delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Respublika agroxizmatlar markazi direktori Akmal To‘lanov mehmonlar bilan qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etish, raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalarini muhokama qildi. Muloqot davomida agrar sohani raqamlashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, mutaxassislar malakasini oshirish va bilimlar transferi tizimini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar o‘rtasida ilmiy, tahliliy va metodik ma’lumotlar almashish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish, seminar, trening, forum va konferensiyalar tashkil etish, shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalar va raqamli yechimlar bo‘yicha tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida hamkorlik memorandumini imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.