Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Tilni asrash — millatni, milliy o‘zlikni asrashdir!

Tilni asrash — millatni, milliy o‘zlikni asrashdir!
Qadrli yurtdoshlar, agrar soha ilmining fidoyi olimlari! Sizlarni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, tarixiy xotiramiz va ma’naviy qudratimizning ifodasidir. Unda xalqimizning asriy orzu-intilishlari, hayotiy tajribasi, madaniyati va ma’naviy merosi mujassam. Tilni asrash — millatni asrash, milliy o‘zlikni saqlash va kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatni anglash demakdir. Zero, o‘z tilini yo‘qotgan millat tarixiy xotirasi va milliy qiyofasidan ayrilish xavfiga duch keladi. Bugun ona tilimizning nufuzini yuksaltirish, uni zamonaviy ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar tili sifatida rivojlantirish har birimizdan mas’uliyat talab etadi. Ayniqsa, agrar sohada yaratilayotgan ilmiy ishlanmalar, ilg‘or agrotexnologiyalar va innovatsion yechimlarni o‘zbek tilida keng targ‘ib qilish, ularni fermer va dehqonlarimizga sodda, ravon va tushunarli tarzda yetkazish muhim ahamiyatga ega. Zero, ilm-fan yutuqlari xalqimizga ona tilida yetkazilsa, bilimning amaliy samarasi yanada ortadi. Shu bois agrar soha olimlari zimmasida nafaqat yangi bilimlar yaratish, balki o‘zbek tilining ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ilmiy atamalarni takomillashtirish va uning ilm-fan tilidagi imkoniyatlarini kengaytirishdek sharafli vazifa ham bor. Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, xotirjamlik hamda agrar ilm-fan ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Ona tilimizni asrash, e’zozlash va rivojlantirish har birimizning burchimizdir. Tilimiz barhayot, qadri baland, nufuzi yuksak bo‘lsin! O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin! Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.