Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Til – millat ko‘zgusi

Til – millat ko‘zgusi
Tilga bejiz shunday ta’rif bermaymiz. Millatning mavjudligi uning tili bilan namoyon bo‘ladi. O‘z tiliga ega bo‘lmagan xalq millat deb atalmaydi. Afsuski, globallashuv jarayonida dunyoda ko‘plab tillar yo‘q bo‘lib borayotgani ayni haqiqat. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha soha va tarmoqlar kabi ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi siyosat va amaliy ishlarimiz ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Buning tasdig‘i o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘- e’tiborini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Bugun Milliy markazda bo‘lib o‘tgan davra suhbati ham ona tilimizning nufuzini oshirish, asrab-avvaylashga bag‘ishlandi. Ushbu tadbirda Vazirlir Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, tilshunos olim G‘afurjon Hamroev Milliy markaz jamoasi va yosh olimlar ishtirok etdi. ⌛ Davra suhbati tilimizni asrash borasida qiziqarli munozara ruhida o‘tdi. Tadbir yakunida Vazirlir Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov Milliy markaz kutubxonasi uchun so‘nggi yillarda chop etilgan nodir kitoblar jamlanmasini tuhfa etdi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEBTelegram Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.